Talabalar ijtimoiy muhofazasi kuçaytiriladi

16.12.2024254

            Talabalar ijtimoiy muhofazasi kuçaytiriladi    

    Aholini ijtimoiy himoya qiliş har qanday davrda ham davlat va jamiyat oldidagi eng muhim vazifa bölgan. Çunki odamlarning turmuş tarzi, kayfiyati, amalga oşirilayotgan islohotlarga munosabati, avvalo, ular qay darajada ijtimoiy himoyalanganligi bilan bevosita boğliq.

    13-dekabr kuni ijtimoiy himoya sohasidagi işlar natijadorligi va 2025-yil uçun ustuvor vazifalar muhokamasi yuzasidan ötkazilgan videoselektor yiğilişida Prezident Şavkat Mirziyoyev bu yil ijtimoiy himoya böyiça qilingan 34 ta muhim yangilikka qöşimça 28 ta yangi taşabbusni ilgari surdi.

    Jumladan, Prezident kambağal oilalar farzandlarining öqib, hayotini önglaşi uçun qöşimça imkoniyatlar yaratilişi zarurligini ta’kidladi. Xususan, 118 ming yoşlar çet tili, axborot texnologiyalari va kasb-hunarga öqitiladi va bu tögaraklar xarajati 80 foizgaça byudjetdan qoplanadi. 2025 yilda 3,5 ming nafar şunday oilalar farzandlarini oliy ta’limga grant asosida qabul qiliş, oliygohlar rektorlari kambağal oiladan jami 4 ming nafar yoşlarni öqitişga boş-qoş bölişi belgilab berildi.  
             

    Albatta, bu vazifani bajariş bizdan juda katta mas’uliyat talab qiladi va buni amalga oşiriş uçun barça imkoniyatlarni safarbar qilamiz. Çunki, bu tizim bizga begona emas. Keyingi yillarda Prezidentimizning noçor oilalalarni kambağallikdan çiqariş, aholini kuçli ijtimoiy muhofaza qiliş borasidagi sa’y-harakatlari tufayli oliy ta’lim muassasalarida tahsil olayotgan talabalar ham davlat, ham oliy öquv yurti tomonidan qöllab-quvvatlanib, zarur ijtimoiy, moddiy yordam berilmoqda.  

    Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, çorvaçilik va biotexnologiyalar universitetida ham bugungi kunda 69 nafar nogironligi bölgan, 12 nafar çin yetim, 64 nafar otasi yoki onasi yöq talaba, 9 nafar kam ta’minlangan oila farzandlari, 18 nafar “Yoşlar daftari”da röyxatda turadigan yoşlar tahsil olmoqda. Ularning sifatli ta’lim olişi uçun universitet tomonidan ham zarur şaroit yaratilgan. Jumladan, talabalar turar joyi bilan ta’minlaş, tölov-şartnoma pulini tölaş, stipendiya beriş masalalarida imkon qadar yordam beryapmiz.  

    Bundan taşqari, “Özbekiston–2030” strategiyasini “Yoşlar va biznesni qöllab-quvvatlaş yili”da amalga oşirişga oid davlat dasturida belgilangan çora-tadbirlar asosida bizga biriktirilgan Samarqand şahridagi Qorasuv, Temiryölçilar, Qörğonça, Oqsaroy, Ipak yöli, Boğiston, Birlik hamda Şodiyona mahallalarida yaşovçi 29 nafar oğir toifadagi yoşlar bilan tizimli iş olib borilmoqda. Ularning har birining yaşaş şaroiti örganilib, intiliş va maqsadlari haqida suhbatlaşdik. Qölida hunari borlarga işlatib daromad topişi mumkin bölgan jihoz va uskunalar olib berdik, ayrimlarini kasb-hunarga öqitib, bandligini ta’minlaşga kömaklaşdik.

    Yiğilişda bildirilgan fikrlar, Prezidentimiz oldimizga qöygan vazifalardan kelib çiqib, yoşlarni ijtimoiy himoyalaş borasidagi işlarimizni qayta körib çiqqan holda  universitetda kambağal oilalar farzandlarining öqib, hayotini önglaşi, çet tillari, axborot texnologiyalari va kasb sirlarini puxta egallaşlari uçun qöşimça imkoniyatlar yaratiş, tögaraklar faoliyatini yanada jonlantiriş böyiça çoralar köramiz.

    Aytiş joizki, bu sa’y-harakatlar mamlakatimizda ijtimoiy himoya tizimi samaradorligi va manzilliligini oşiriş orqali aholining kömakka muhtoj qatlami ijtimoiylaşuvini ta’minlaş, oğir turmuş şaroitiga tuşib qolgan aholi hayotini izga tuşirişga yordam beradi.  

                                                                                                              Xudoynazar YUNUSOV, Samarqand davlat veterinariya meditsinasi,

                                                                                                                çorvaçilik va biotexnologiyalar universiteti rektori, professor.

                                                                                                                                                                                                            ÖzA.