“Huquq bilimdonlari” respublika bilimlar bellaşuvi ğoliblari aniqlandi!

16.12.2024344

Talaba va öquvçilarning ijtimoiy faolligini oşiriş markazida “Huquq bilimdonlari” respublika bilimlar bellaşuvining taqdirlaş marosimi bölib ötdi. 

Dastlab nizomga muvofiq, tanlovning final bosqiçi şartlari:  test savollari va inşo yoziş böyiça iştirokçilarning töplagan ballari umumlaştirib, e’lon qilindi. Şundan söng tanlov ğoliblari aniqlanib, final bosqiçi iştirokçilari va ğoliblari Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining diplom hamda sertifikatlari bilan taqdirlandi. 

Şu bilan bir qatorda iştirokçilarni şaffof va adolatli baholaşga öz hissasini qöşgan Hakamlar hay’ati a’zolari hamda tanlov taşkilotçilariga Markaz rahbari Abdumalik Akramov tomonidan vazirlik taşakkurnomalari topşirildi. 

Yakuniy natijalarga köra, quyidagi iştirokçilar ğolib deb topildi:

Jamşid Normuratov – JDPU talabasi (Jizzax);
Toşmurod Abdurahmonov – IIVA talabasi (Toşkent şahar);
Dilafruz Nabijonova – NamDU talabasi (Namangan).

Eslatib ötamiz, ğoliblar Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan 6, 5 va 4 million söm miqdorida pul mukofotlari bilan taqdirlanadi.