Talaba va öquvçilarning ijtimoiy faolligini oşiriş markazi taşabbusi bilan harbiy parad va bayram dasturi taşkil etildi!

13.01.2025337

Talaba va öquvçilarning ijtimoiy faolligini oşiriş markazi taşabbusi bilan harbiy parad va bayram dasturi taşkil etildi!

Özbekiston Respublikasi Qurolli Kuçlari taşkil etilganligining 33 yilligi hamda Vatan himoyaçilari kuni munosabati bilan “Yangi Özbekiston armiyasi – mamlakat tayançi, xalqimiz faxri!” şiori ostida bayram tadbiri ötkazildi. Harbiy parad Qurolli kuçlar akademiyasi, Jamoat xavfsizligi universiteti kursantlari hamda Toşkent şahridagi oliy ta’lim muassasalarining “Qalqon” guruhi a’zolari iştirokida saf yuriş maşqlari bilan boşlandi. 

Harbiy parad avvalida Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qönğirotboy Şaripov tadbir iştirokçilarini Vatan himoyaçilari kuni bilan tabriklab, yurtimiz tayançi bölgan mard öğlonlarimizga jasorat va şijoat yor bölişini tiladi. Şundan söng harbiy parad Özbekiston Milliy universitetida bayram tadbiri bilan davom etdi. 

Tadbirni Vazirlik huzuridagi Talaba va öquvçilarning ijtimoiy faolligini oşiriş markazi direktori Abdumalik Akramov oçib berib, Qurolli Kuçlari taşkil etilganligining 33 yilligi hamda Vatan himoyaçilari kuni bilan barça yurtdoşlarimizni tabrikladi. 

Bayram dasturlari oliy ta’lim muassasalari harbiy kursantlarining qöl jangi va jangovar çiqişlar bilan yanada qizğin ötdi. Qolaversa, elimiz ardoğidagi san’atkorlar hamda Özbekiston davlat san’at va madaniyat instituti va Özbekiston davlat xoreografiya akademiyasi iqtidorli talabalarining çiqişlari barçaga kötarinki kayfiyat ulaşdi.