Markaz tomonidan ötkazilgan tanlovlar ğoliblari taqdirlandi!
Bugun Zakovat arenada Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Talaba va öquvçilarning ijtimoiy faolligini oşiriş markazi tomonidan ötkazilgan tanlovlarning taqdirlaş marosimi bölib ötdi. Tantanali taqdirlaş marosimini Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri örinbosari Sarvarxon Buzrukxonov oçib berib, Vazirlik tizimidagi tanlov va bellaşuvlarda iştirok etib sovrindor bölgan yoşlarni samimiy muborakbod etdi hamda ularning kelgusi faoliyatiga omad va zafarlar tiladi.
Ta’kidlaş joizki, ötgan 2024-yilda Talaba va öquvçilarning ijtimoiy faolligini oşiriş markazi tomonidan OTMlar talabalari hamda professional ta’lim muassasalari va akademik litsey öquvçilari örtasida 20 dan ortiq tanlovlar ötkazilgan bölib, mazkur tanlovlar talaba-yoşlarning öqiş davomida egallagan bilimlarini yuksaltiriş, jamiyat hayotidagi ijtimoiy faolligini oşiriş, zamonaviy kasblarni örganiş hamda kitob mutolaasiga qiziqişini yanada orttirişga xizmat qilmoqda.
Taqdirlaş marosimida Markaz tomonidan ötkazilgan “Islohotlar bilimdoni”, “Yilning eng faol talabasi”, “Yilning eng faol öquvçisi”, “Kitob mening döstim”, “Eng yaxşi dasturçi”, “Mening konstitutsiyam”, “Yoşlar korrupsiyaga yöq deydi” mavzusida “Eng yaxşi rasmlar” va “Eng yaxşi videoroliklar” respublika tanlovlari ğolib va sovrindorlari Vazirlik diplom va sertifikatlari, qimmatbaho sovğalar va pul mukofotlari bilan taqdirlandi.
Tadbir davomida taniqli san’atkorlar tomonidan kuylangan gözal taronalar barçaga yuqori kayfiyat ulaşdi.
Jarayondan fotolavhalar