Tanlovda qatnaşib elektromobil, xorijiy davlatlarga stajirovka yoki pul mukofotlarini yutib oliş imkoni mavjud!

18.03.2025531

Tanlovda qatnaşib elektromobil, xorijiy davlatlarga stajirovka yoki pul mukofotlarini yutib oliş imkoni mavjud! 
 

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi muhandislik sohasida “Eng yaxşi ğoya”, “Eng yaxşi loyiha” va “Eng yaxşi ixtiro” yönalişlarida tanlov e’lon qiladi.

Tanlov yuqoridagi yönalişlar böyiça alohida 3 ta kategoriya — 40 yoşdan oşmagan professor-öqituvçilar, talabalar hamda amaliyotçi muhandislar örtasida ötkaziladi.

Har bir iştirokçi Tanlovning faqatgina bir yönalişida iştirok etişi mumkin.

Tanlovda:
1-örinni qölga kiritgan ğoliblar elektromobil (9 ta),
2-örin ğoliblari xorijiy davlatlarga stajirovka yöllanmasi,
3-örin ğoliblari pul mukofotlari bilan taqdirlanadi.

Tanlov joriy yilning aprel-iyun oylarida 3 bosqiçda ötkaziladi.

Tanlovga arizalar joriy yilning 31-mart kuniga qadar muhandis.edu.uz veb-sayti orqali qabul qilinadi.

TANLOV NIZOMI 

Qöşimça ma’lumotlar uçun:
 (55) 520-08-08 (357), (90) 065-05-09.