Qizlar uçun Data Science va sun’iy intellekt böyiça bepul kurs taşkil etiladi

26.03.2025546

Qizlar uçun Data Science va sun’iy intellekt böyiça bepul kurs taşkil etiladi

Raqamli texnologiyalar vazirligi, UNESCO va Raqamli ta'limni rivojlantiriş markazi hamkorligida Data Science va Sun’iy intellekt böyiça qizlar uçun maxsus bepul öquv dasturi taşkil etilmoqda.

Iyun oyidan boşlanib, 3 oy davom etadigan maşğulotlarda katta tajribaga ega xalqaro va mahalliy ekspertlar öz bilim va könikmalari bilan örtoqlaşadilar.

Şuningdek, dastur davomida tinglovçilarga könikmalarni rivojlantrişga qaratilgan psixologik maşğulotlar, NoCode, Freelance va E-commerce kabi maşhur sohalarda amaliyot hamda iş topişda zaruriy könikmalarni rivojlantiriş böyiça maşğulotlar beriladi.
⠀
Dasturda iştirok etiş uçun IT sohasida boşlanğiç bilim va ingliz tilini B2 darajada biliş kifoya. 

25-aprelga qadar sörovnomada iştirok etib, röyxatdan öting va loyiha uçun saralab olinadigan 70 ta örindan birini egallang!

Röyxatdan ötiş 

Dasturçilikka qiziquvçi qizlar, muvaffaqiyatli IT karyerangiz uçun yaratilayotgan ajoyib imkoniyatni qöldan boy bermang!