Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Vazirlik huzuridagi Talaba va öquvçilarning ijtimoiy faolligini oşiriş markazi va hamkor taşkilotlar tomonidan “Ilhom” mukofoti tanlovi ötkaziladi.
“Ilhom” mukofoti şoirlar va yozuvçilarning hayoti hamda ijodini örganiş, ularning asarlarini tarjima qiliş, tadqiqotlar ötkaziş, kino va sahna asarlari yaratiş kabi sohalarda eng yuqori natijalarga erişgan yoşlarga beriladi.
Tanlov oliy ta’lim muassasasi miqyosida test savollari orqali dastlabki saralaş bosqiçi hamda asosiy respublika (ilmiy-ijodiy natijalar va yutuqlar) bosqiçlaridan iborat.
Şoir va yozuvçilar hayoti hamda ijodi asosida kino, sahna asarlari yaratgan, adiblar hayoti va ijodi haqida ilmiy tadqiqotlar olib borgan yoşlarga rektorning taqdimnomasi bilan test sinovlarisiz iştirok etiş imkoniyati mavjud!
Tanlov ğoliblari Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan maxsus diplom, statuetka va quyidagiça pul mukofotlari bilan taqdirlanadi:
1-örin — BHMning 100 barobari;
2-örin — BHMning 80 barobari;
3-örin — BHMning 40 barobari.
Tanlovda iştirok etiş istagidagi yoşlar joriy yilning 5-aprel kuniga qadar oliy ta’lim taşkilotining yoşlar masalalari, ma’naviy-ma’rifiy işlar böyiça mas’ullariga ariza bilan murojaat qiling!
Iştirok eting, ilmiy-ijodiy bilimlaringizni sinab köring!