Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda Vazirlik huzuridagi Talaba va öquvçilarning ijtimoiy faolligini oşiriş markazi vakillari Xalqaro Nordik universitetida böldilar.
Taşrif davomida Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi boşqarma boşliği Nodir Kasimov universitetda taşkil etilgan fotokörgazma bilan tanişdi.
Universitet vakillari bilan olib borilgan muzokaralarda hamkorlikda yölga qöyiladigan istiqboldagi loyihalar, şuningdek, fotokörgazma faoliyatini yanada kengaytiriş va unga boşqa oliy ta’lim muassasalari talabalarini ham jalb etiş kabi masalalar keng muhokama qilindi.