Universitet kursantlari “Psixologiya bilimdoni” respublika intellektual tanlovi ğolibi

18.11.2023106

    Universitet kursantlari “Psixologiya bilimdoni” respublika intellektual tanlovi ğolibi

    Jamoat xavfsizligi universitetida joriy yilning 17-noyabr kuni “22 noyabr – Xalqaro psixologlar kuni”ga bağişlangan “Psixologiya bilimdoni” intellektual tanlovining navbatdagi ikkinçi mavsumi ötkazildi.

    

    Tanlovda mamlakatimizning 8 ta nufuzli oliy va oliy harbiy taʼlim muassasalari – Özbekiston Respublikasi Qurolli Kuçlar akademiyasi, IIV Akademiyasi, Özbekiston Milliy universiteti, Nizomiy nomidagi Toşkent davlat pedagogika universiteti, Xalqaro islom akademiyasi, Guliston davlat universiteti, Jizzax davlat pedagogika universiteti va Jamoat xavfsizligi universitetidan jami 9 ta jamoa “Taniştiruv”, “Intellektual savodxonlik”, “Zakovat” şartlari asosida özaro bellaşdilar.

    

    Tanlov şartlari Özbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi, vazirlik huzuridagi Talaba va öquvçilarning ijtimoiy faolligini oşiriş markazi, Özbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Bolalar psixologiyasi markazi mutaxassislari hamda professor-öqituvçilaridan iborat hakamlar hayʼati va ekspertlar tomonidan baholab borildi.

    

    Tanlov natijalariga köra,
        🥇Özbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universitetining “Harbiy psixologlar” jamoasi birinçi örinni,
        🥈Xalqaro islom akademiyasining “Yoş psixologlar” jamoasi ikkinçi örinni,
        🥉Nizomiy nomidagi Toşkent davlat pedagogika universiteti “Insayt” jamoasi uçinçi örinni qölga kiritdi va medal hamda tanlov stautetkalari bilan taqdirlandi.

    Şuningdek, har bir jamoadan bir nafardan iştirokçi «Eng faol iştirokçi» nominatsiyasi böyiça hamda tanlovda qatnaşgan hamkor oliy taʼlim muassasalari professor-öqituvçilari taşakkurnoma bilan taqdirlandi.