Respublika ijodiy işlar tanlovi ğoliblari aniqlandi!
Keça Talaba va öquvçilarning ijtimoiy faolligini oşiriş markazida “Men giyohvandlikka qarşiman!” şiori ostida ötkazilgan ijodiy işlar tanlovining respublika bosqiçi bölib ötdi. Unda tanlovning oliy ta’lim bosqiçida 4 ta yönaliş: adabiyot, tasviriy san’at, amaliy san’at va foto hikoya yönalişlari böyiça ğolib deb topilib, final bosqiçiga tavsiya etilgan ijodiy işlar Hakamlar hay’ati tomonidan tanlov Nizomi asosida baholandi.
Hakamlar hay’atining yakuniy xulosasiga köra quyidagi iştirokçilar tanlov ğoliblari deb topildi:
“Adabiyot” yönalişi böyiça Buxoro davlat universiteti talabasi Nuriddinova Gulsanam Bahriddin qizi;
“Tasviriy san’at” yönalişi böyiça TIFT universiteti talabasi Sattorova Mohlaroyim Uluğbekovna;
“Amaliy san’at” yönalişi böyiça Toşkent şahridagi Turin politexnika universiteti talabasi Nabixanov Bexruz Xayrullayeviç;
“Foto” yönalişi böyiça Çirçiq davlat pedagogika universiteti talabasi Muhammadjonova Sa’diya Akmaljon qizi.
Tanlovning har bir yönalişi böyiça ğoliblikni qölga kiritgan iştirokçilar Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan diplom, statuetka va 6 million söm pul mukofoti bilan taqdirlanadi.
Şuningdek, tanlovning oliy ta’lim bosqiçida ğolib bölib, final bosqiçida iştirok etgan iştirokçilar özi tahsil olayotgan oliy taʼlim taşkiloti rahbari tomonidan diplom va BHMning 2 barobari miqdorida pul bilan rağbatlantiriladi.




