“Vatan ravnaqi, tinçligi va himoyasi yölidagi qahramonlik unutilmaydi” mavzusida ilmiy anjuman bölib ötdi
Bugun Özbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi Talaba va öquvçilarning ijtimoiy faolligini oşiriş markazi, Mirzo Uluğbek nomidagi Özbekiston Milliy universiteti hamda University of Business and Science hamkorligida “Vatan ravnaqi, tinçligi va himoyasi yölidagi qahramonlik unutilmaydi” mavzusida ilmiy-amaliy anjuman bölib ötdi.
Anjumanni Talaba va öquvçilarning ijtimoiy faolligini oşiriş markazi bölim boşliği Muhabbat Mirsoliyeva kiriş sözlari bilan oçildi. Ular öz nutqlarida Ikkinçi jahon uruşi yillarida xalqimiz körsatgan jasorat, ğalabaga qöşgan hissasi, uruş qatnaşçilariga körsatilayotgan e’tibor va Prezidentimiz rahbarligida bu borada amalga oşirilayotgan islohotlar haqida töxtalib ötdilar. Anjumanda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi Ilm-fan va innovatsion faoliyatni rivojlantiriş boşqarmasi Bazarov Otabek Xasanboyeviç ham iştirok etdilar.
Anjumanda iştirokçilar Ikkinçi jahon uruşining salbiy oqibatlari, uruş qatnaşçilarining jasorati, front ortida mehnat qilgan faxriylarning xizmatlari, bugungi kunda uruş qatnaşçilari va ularga tenglaştirilgan fuqarolarga yaratilayotgan imkoniyatlar, yoşlar ongida vatanparvarlik ruhini şakllantiriş kabi mavzularni keng muhokama qilişdi.
Tadbir ikki qismdan iborat bölib, dastlab yalpi majlis bölib ötdi. Majlis kun tartibidan quyidagi yetti ta muhim ma’ruza örin oldi:
-
A. Kurganov, filologiya fanlari doktori, dotsent (Içki işlar vazirligi akademiyasi) — “Xotira — muqaddas, qadr — aziz”;
-
B. Absattorov, falsafa fanlari böyiça falsafa doktori, dotsent (University of Business and Science) — “Yoşlar tafakkurida tarixiy xotirani mustahkamlaşning ijtimoiy-falsafiy asoslari”;
-
A. Aşurov, filologiya fanlari doktori, professor, falsafa fanlari böyiça falsafa doktori, dotsent (University of Business and Science) — “Özbekistonda 9-mayni Xotira va qadrlaş kuni sifatida nişonlaşning ijtimoiy-falsafiy ahamiyati”;
-
M. Raxmanova, tayanç doktorant (Özbekiston Fanlar akademiyasi Tarix instituti) — “Ikkinçi jahon uruşi davrida Özbekistonga majburiy köçirilgan xalqlar”;
-
S. Jumayev, “Özbekiston belgisi” kökrak nişoni sohibi (Şayxontohur tumani 169-sonli umumiy örta ta’lim maktabi) — “Özbekistonda xotira madaniyatini şakllantirişda ommaviy axborot vositalarining örni”;
-
G. Esonaliyeva, talaba, Navoiy nomidagi Davlat stipendiyasi sohibasi (Mirzo Uluğbek nomidagi Özbekiston Milliy universiteti) — “Yoşlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalaş — mamlakat taraqqiyoti va farovonligining asosidir”;
-
N. Ergaşeva, talaba, Zulfiya nomidagi davlat mukofoti sohibasi (Mirzo Uluğbek nomidagi Özbekiston Milliy universiteti) — “Xotira madaniyatida XXI asr adabiyotining örni”.
Anjuman ikkinçi qismda 4 ta şöbaga bölinib davom etdi:
-
“9-may — Xotira va qadrlaş kunining tarixiy-ma’naviy ahamiyati”;
-
“Ikkinçi jahon uruşi qatnaşçilari jasoratining ilmiy-nazariy tahlili”;
-
“Özbekistonda xotira madaniyatini şakllantirişda adabiyot, san’at va ommaviy axborot vositalarining örni”;
-
“Yoşlar ongida tarixiy xotirani mustahkamlaşda ta’lim tizimining roli”.
Uşbu şöbalarda 100 dan ortiq ma’ruzalar tinglandi va dolzarb ilmiy, tarixiy va ma’naviy mavzular yuzasidan sermazmun muhokamalar bölib ötdi.
Tadbir yakunida taniqli şoirlar, yozuvçilar va olimlarning ijodiy çiqişlari iştirokçilarga katta taassurot qoldirdi. Anjuman iştirokçilari tomonidan bildirilgan taklif va mulohazalar asosida yoş avlod qalbida tarixiy xotira va vatanparvarlik tuyğularini yanada mustahkamlaş yönalişida takomillaştirilgan tavsiyalar işlab çiqildi.