Markaz tomonidan ötkazilgan respublika tanlovlari ğoliblari tantanali taqdirlandi!

19.05.2025417

Markaz tomonidan ötkazilgan respublika tanlovlari ğoliblari tantanali taqdirlandi!

     

Toşkent davlat iqtisodiyot universiteti Madaniyat saroyida talaba va öquvçilar örtasida ötkazilgan “Men giyohvandlikka qarşiman!” ijodiy işlar tanlovi, “Jadidlar jasorati – millatimiz faxri” inşolar tanlovi hamda “Talabalar teatr studiyalari” festivalining respublika bosqiçlari ğolib va sovrindorlarini tantanali taqdirlaş marosimi bölib ötdi.

     

Talabalar festivali doirasida taşkil etilgan marosimni Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri örinbosari Sarvarxon Buzrukxonov kiriş sözi bilan oçib berib, ötkazilgan tanlovlarning ahamiyati, talaba-yoşlarni qöllab-quvvatlaş maqsadida amalga oşirilayotgan islohotlar, teatrning yoşlar ma’naviyatini oşirişdagi roli haqidagi fikrlarini bildirib, barça ğoliblarni samimiy qutladi.

     

Marosim davomida “Talabalar teatr studiyalari” festivalining final bosqiçida iştirok etgan barça jamoalarga Yoşlar işlari agentligi direktori 1-örinbosari Dilnozaxon Kattaxanova Agentlikning maxsus sovğalarini topşirib, omad tiladi.

     

“Talabalar teatr studiyalari” festivali ğoliblari bilan tanişing:

1-örinlar: Andijon davlat pedagogika instituti va Samarqand davlat arxitektura-quriliş universiteti;

2-örinlar: Toşkent davlat iqtisodiyot universiteti va Qarşi davlat texnika universiteti;

3-örinlar: Namangan davlat pedagogika instituti va Termiz davlat pedagogika instituti.

     

“Eng yaxşi oliy ta’lim muassasasi” nominatsiyasi ğolibi Farğona davlat universiteti;

“Eng yaxşi ayol roli uçun” nominatsiyasi ğolibi Layloxon Bozorova, Toşkent davlat tibbiyot universiteti talabasi;

“Eng yaxşi erkak roli uçun” nominatsiyasi ğolibi Mansurjon Yormuhammedov, Qarşi davlat texnika universiteti talabasi:

“Jamoa ijodkor talabasi” nominatsiyasi ğolibi Bekzod Egamberdiyev, Toşkent davlat iqtisodiyot universiteti talabasi;

“Eng yaxşi talabalar teatr studiyasi rahbari” nominatsiyasi ğolibi Şahlo Qurbonova, Termiz iqtisodiyoti va servis universiteti.

     

Festival ğoliblari Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan I, II va III darajali diplom, maxsus statuetka va 1-örin BHMning 190 barobari; 2-örin BHMning 140 barobari va 3-örin BHMning 85 barobari miqdorida pul yutuqlari bilan taqdirlandi.