Tyutorlar uçun yangi malaka oşiriş mavsumi start oldi!

Talaba va öquçilarning ijtimoiy faolligini oşiriş markazida oliy ta’lim muassasalarida faoliyat yuritayotgan tyutorlar uçun malaka oşiriş kurslarining yangi öquv guruhlari öz faoliyatini boşladi. Uşbu kurslar tyutorlarning kasbiy kompetensiyalarini rivojlantiriş, zamonaviy ta’lim tendensiyalari va ilğor pedagogik tajribalarni özlaştirişga qaratilgan.

Markaz tomonidan taşkil etilgan malaka oşiriş kurslarida 2025-yilning birinçi yarim yilligida 1142 nafar tyutor tahsil oldi. Ikkinçi yarim yillikda esa yana 576 nafar tyutorlarni malakasini oşiriş rejalaştirilgan. Bu orqali respublika böylab tyutorlarning kasbiy salohiyatini oşiriş va ularning ta’lim jarayonidagi faolligini kuçaytiriş maqsad qilingan.

Malaka oşiriş kurslari onlayn va offlayn şakllarda taşkil etilib, öquv maşğulotlarini olib boriş uçun sohada katta tajribaga ega professor-öqituvçilar jalb etilgan. Darslar jarayonida tyutorlarga nazariy bilimlar bilan bir qatorda amaliy keyslar, xalqaro tajriba va yangi pedagogik yondaşuvlar taqdim etiladi.
