Markazda “Huquqiy maslahat xonasi” oçildi!

06.10.202542

Markazda “Huquqiy maslahat xonasi” oçildi!

Bugun Talaba va öquvçilarning ijtimoiy faolligini oşiriş markazi hamda Toşkent davlat yuridik universiteti hamkorligida “Huquqiy maslahat xonasi”ning oçiliş tadbiri bölib ötdi.

Tadbir davomida markaz direktori Abdumalik Akramov Abdumutaloviç va TDYU Yuridik klinikasi rahbari Otabek Narziyev Sa’diyeviç kiriş sözi bilan iştirokçilarni qutladilar. Şuningdek, Nodir Bektemirov va Imomali Tuyev tomonidan huquqiy masalalardagi amaliy tajribalar, yoşlarning huquqiy savodxonligini oşirişga qaratilgan taşabbuslar haqida söz yuritildi. Tadbir yakunida iştirokçilar “Huquqiy maslahat xonasi” faoliyati bilan tanişib, davra suhbati ötkazdilar.
Uşbu taşabbus yoşlarning huquqiy ongi va madaniyatini oşiriş, ularning ijtimoiy faolligini mustahkamlaş yölida muhim qadamlardan biridir.