Markaz xodimlari “Oliy ta’lim a’loçisi” kökrak nişoni bilan taqdirlandi!
Bugun Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligida 1-oktyabr – Öqituvçi va murabbiylar kuni munosabati bilan bayram tadbiri bölib ötdi. Tadbirni vazir Qönğirotboy Şaripov oçib, ta’lim tizimida fidokorona mehnat qilayotgan barça ustoz va murabbiylarni samimiy qutladi. Öz nutqida u pedagoglik kasbi yuksak mas’uliyat, katta şaraf va el-yurt oldidagi muqaddas burç ekanini alohida ta’kidladi.
Bayram tadbirida öz kasbiga sadoqat bilan xizmat qilayotgan professor-öqituvçilar, ilm-fan taraqqiyotiga munosib hissa qöşayotgan olimlar hamda tizimda fidokorona faoliyat yuritayotgan bir guruh vazirlik xodimlari “Oliy ta’lim a’loçisi” va “Örta maxsus va professional ta’lim a’loçisi” kökrak nişonlari bilan taqdirlandi.
Jumladan, Talaba va öquvçilarning ijtimoiy faolligini oşiriş markazi direktor örinbosari Anvarmirzo Qudratov hamda bölim boşliği Muhabbat Mirsoliyevaga ham “Oliy ta’lim a’loçisi” kökrak nişoni topşirildi.
Tadbirning badiiy qismi ham kötarinki ruhda ötdi. Elimiz suygan san’atkor, Özbekiston Respublikasi xalq artisti Jenisbek Piyazov kuy-qöşiqlari bilan iştirokçilarga bayramona kayfiyat ulaşdi.




