“Özbek tili – qalbim tarjimoni” respublika tanlovi ğoliblari taqdirlandi

15.10.2025139

“Özbek tili – qalbim tarjimoni” respublika tanlovi ğoliblari taqdirlandi

15-oktabr kuni Toşkent davlat iqtisodiyot universitetida “Özbek tili – qalbim tarjimoni” nomli respublika körik-tanlovining final bosqiçi va ğoliblarni taqdirlaş marosimi bölib ötdi.

Tanlov Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan Özbek tilini rivojlantiriş jamğarmasi, Yoşlar işlari agentligi hamda Yozuvçilar uyuşmasi hamkorligida taşkil etildi. Unda mamlakatimiz oliy ta’lim muassasalarida tahsil olayotgan 200 dan ziyod xorijlik talabalar iştirok etdilar.

Tadbirni Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri maslahatçisi Isajon Sultonov oçib berib, xorijlik talabalar orasida özbek tiliga bölgan e’tibor ortib borayotgani, bu esa mamlakatimizning madaniy salohiyatini tarğib etişda muhim örin tutişini ta’kidladi. Şundan söng final bosqiçining “Erkin mavzuda badiiy çiqiş” şarti böyişa iştirokçilar tomonidan tayyorlangan özbek tilidagi şe’r va qöşiqlar tinglandi.

Yakuniy natijalarga köra ğoliblar:
1-örin: Şen Xintong (Xitoy) Toşkent davlat özbek tili va adabiyoti universiteti talabasi;
2-örin: Toya Kobayaşi (Yaponiya) Toşkent davlat şarqşunoslik universiteti talabasi;
3-örin: Khan Huriya (Hindiston) Buxoro davlat tibbiyot universiteti talabasi;
3-örin:  Abdul Haseeb Khon (Pokiston) Urganç davlat tibbiyot instituti talabasi.

Ğoliblar diplom, faxriy yorliq, esdalik sovğalari hamda 1-örin uçun BHMning 40 barobari, 2-örin uçun BHMning 30 barobari va 3-örin uçun BHMning 20 barobari miqdorida pul mukofotlari bilan taqdirlandilar.

Tanlov yakunida xorijlik talabalarning özbek tilini örganişga bölgan qiziqişi va Vatanimiz madaniyatiga bölgan hurmati yanada ortgani qayd etildi.