Vazir jasorat körsatgan talabani taqdirladi
Yangi hayot tumanida bolaning hayotini saqlab qolgan Toşkent kimyo-texnologiya instituti talabasi Muhriddin Ilaşov Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qönğirotboy Şaripov tomonidan taqdirlandi.
16-oktabr kuni Yangihayot tumanida TKTI talabasi Muhriddin Ilaşov 4-qavat balkonida osilib qolgan bolani jasorat bilan qutqarib, uning hayotini saqlab qolgan edi.
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qönğirotboy Şaripov yoş qahramonning bu işi nafaqat özi ta’lim olayotgan institut, balki barça yoşlar uçun ibrat bölişini ta’kidladi va Muhriddin Ilaşovning mardligi va fidoyiligini e’tirof etib, taşakkurnoma hamda esdalik sovğasini topşirdi.


