“Kitobxon yoşlar ligasi” onlayn tanlovining 2025-yildagi 3-mavsumi final bosqiçi ötkazildi!

Final bosqiçida har bir hududdan bir oliy ta’lim muassasasi mas’ul etib belgilandi va finalga ötgan har bir iştirokçi mazkur oliygohlarga taşrif buyurib, kuzatuvçi nazorati ostida final testlarini işladi. Markazlaşgan holda taşkil etilgan final bellaşuvida 1-bosqiçdan muvaffaqiyatli ötgan 145 nafar talaba-yoşlar iştirok etdi.

Finalda iştirokçilarga oldindan öqiş uçun vazifa qilib berilgan Çingiz Aytmatovning “Asrni qaritgan kun”, Agata Kristining “Ular 10 ta edi” hamda Odil Yoqubovning “Diyonat” kitoblari böyiça tuzilgan 50 tadan test savollari berildi. Har bir test uçun 40 soniyadan vaqt ajratildi.

Yakunda testlar böyiça eng köp ball töplagan iştirokçilar tanlov ğolibi deb topildi. Natijalar teng bölib qolgan holatda ğolib aniqlangunga qadar qöşimça savollar berildi.

