Ustozlarga ehtirom – jamiyatimizning uluğ qadriyati
27-sentabr kuni Toşkent davlat iqtisodiyot universitetida “Öqituvçi va murabbiylar kuni” munosabati bilan bayram tadbiri bölib ötdi.

Uni Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qönğirotboy Şaripov hamda Toşkent şahar hokimining örinbosari Durdona Raximova oçib berişdi.
Tadbirda ta’lim va ilm-fan taraqqiyotiga hissa qöşib kelayotgan bir guruh ustozlar “Oliy ta’lim a’loçisi” va “Örta maxsus va professional ta’lim a’loçisi” kökrak nişonlari bilan taqdirlandi.

Şuningdek, Toşkent şahar hokimi hamda kasaba uyuşmasi nomidan taşakkurnomalar va esdalik sovğalari topşirildi.
Bayram doirasida iqtidorli öquvçilarga maxsus stipendiyalar, şuningdek “Eng yaxşi ta’lim muassasasi” nominatsiyasi ğoliblariga mukofotlar tantanali ravişda berildi.

Bu mukofotlar ustozlarimiz va öquvçilarimizning bilimi, sohaga sadoqati va fidoyiligining e’tirofidir.
