Talaba va öquvçilarning ijtimoiy faolligini oşiriş markazi xodimlari 1-oktabr – “Ustoz va murabbiylar kuni” bilan taqdirlandi!

Bugun bölib ötgan tadbirda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda Markaz rahbariyati tomonidan tizimda fidokorona mehnat qilib, taşabbus körsatayotgan Markaz xodimlari e’tirof etildi. Tadbirni Markaz direktori Abdumalik Akramov tabrik sözi bilan oçib berib, ta’lim tizimida olib borilayotgan samarali islohotlarda Markaz xodimlarining ham iştiroki borligini, talabalarning ma’nan yetuk, barkamol avlod bölib ulğayişida ularning ham mehnati beqiyos ekanligini ta’kidladi.

Şundan söng, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining tegişli buyruği bilan “Oliy ta’lim a’loçisi” kökrak nişoni bilan taqdirlangan bölim boşliqlari Muhabbat Mirsoliyeva, Ikrom Çoriyev hamda Şahzod Rahmonovlarga kökrak nişonlari va maxsus guvohnomalar topşirildi. Şuningdek, fidokorona va namunali iş faoliyati uçun bölim boşliqlari, mutaxassislar hamda texnik xodimlarga Markaz direktorining taşakkurnomalari va esdalik sovğalari topşirildi.


