Tanlov ğoliblari Oliy Majlis Qonunçilik palatasiga taşrif buyurişdi!
Bugun Talaba va öquvçilarning ijtimoiy faolligini oşiriş markazi tomonidan ötkazilgan tanlovlarda ğolib va sovrindor bölgan talaba-yoşlarning Oliy Majlis Qonunçilik palatasi Fan, ta’lim, madaniyat, sport va yoşlar masalalari qömitasi a’zolari bilan uçraşuvi bölib ötdi.

Unda yigit-qizlarga mamlakatimizda yoşlarga oid davlat siyosati sohasida amalga oşirilayotgan keng kölamli islohotlar, qabul qilinayotgan yangi qonunlarning mazmun-mohiyati hamda Qonunçilik palatasining faoliyati töğrisida atrofliça ma’lumotlar berildi. Şuningdek, siyosiy partiyalar fraksiyalari, qömitalar, Qonunçilik palatasining Yoşlar masalalari böyiça komissiyasi va Yoşlar parlamenti iş faoliyati haqida sözlab berildi.

Şu kuni talabalar Qonunçilik palatasining diqqatga sazovor joylari, jumladan, Oliy Majlis tarixi aks etgan muzey, parlament kutubxonasi hamda qonunlar qabul qilinadigan katta majlislar zali bilan yaqindan tanişdi.

