Tanlov ğoliblari taqdirlandi!

Bugun Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi amfiteatrida Vazirlik huzuridagi Talaba va öquvçilarning ijtimoiy faolligini oşiriş markazi tomonidan ötkazilgan keng qamrovli “Kitobxon yoşlar ligasi” (https://t.me/yoshlareduuz/17892)onlayn tanlovining 1-, 2- va 3-mavsumi, “Ilmiy-ommabop gazeta va jurnallarda e’lon qilingan eng yaxşi material” (https://t.me/yoshlareduuz/17049) hamda “Eng yaxşi esselar” (https://t.me/yoshlareduuz/16649) respublika tanlovlari ğolib va sovrindorlarini tantanali taqdirlaş marosimi bölib ötdi.

Tadbirni markaz direktori Abdumalik Akramov tabrik sözi bilan oçib berib, ilk ğoliblarga vazirlik diplomlari va statuetkalarni topşirdi. Şuningdek, marosimda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri maslahatçisi Nazokat Abduqunduzova, Özbekiston xalq artisti Jenisbek Piyazov, Özbekistonda xizmat körsatgan madaniyat xodimi Bobur Bobomurod ham iştirok etib, iştirokçilarni taqdirlaşdi.

Marosimda “Kitobxon yoşlar ligasi” tanlovining yil davomida ötkazilgan 3 mavsumi ğoliblariga noutbuk, smart televizor va planşet kabi qimmatbaho sovğalar hamda Vazirlikning diplom va sertifikatlari topşirildi. Tadbirdagi san’atkorlarning musiqiy çiqişlari yiğilganlarga xuş kayfiyat ulaşdi. Tadbir söngida taqdirlaşga taşrif buyurgan barça iştirokçilar orasidan omadli raqam egalari aniqlanib, badiiy kitoblar hamda Mutolaa ilovasidan bepul foydalaniş uçun promokodlar topşirildi.

Mazkur tadbirlar yoşlarning intellektual salohiyatini rağbatlantiriş, ular orasida kitobxonlik, korrupsiyaga qarşi ongni şakllantiriş, ilmiy-ommabop fikrlaş madaniyatini rivojlantirişda muhim qadamlardan biri böldi.

