Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Vazirlik huzuridagi Talaba va öquvçilarning ijtimoiy faolligini oşiriş markazi talaba-yoşlar orasida kitobxonlikni keng tarğib qiliş maqsadida “Kitobxon yoşlar ligasi” onlayn tanlovining 2-mavsumini e’lon qiladi.
Tanlovda qatnaşiş uçun iştirokçilar @kitobtanlovbot manzili orqali röyxatdan ötib, 7-dekabrga qadar 2 ta kitobni öqişlari va ular asosida tuzilgan testlarni yeçişlari kerak böladi. Kitoblar röyxati:
Said Ahmadning “Jimjitlik” asari
Jeyms Klirning “Atom odatlar” asari
Tanlov ğolib va sovrindorlar quyidagi tartibda taqdirlanadi:
1-örin (1 nafar) – Noutbuk;
2-örin (2 nafar) – Smart televizor;
3-örin (3 nafar) – Planşet;
4-örin (4 nafar) – Samsung smartfon;
5-örin (10 nafar) – RedMi smartfon;
“Eng faol tarğibotçi” nominatsiyasi ğoliblari (10 nafar) – Smartfon.
Tanlovda yuqori natijaga erişib, ğoliblar qatoridan joy egallang. Imkoniyatdan unumli foydalaning!