Bolalar uçun yozamiz: ertak-romanlar

03.11.2025238

BOLALAR UÇUN YOZAMIZ: ERTAK-ROMANLAR

 

Bolalar kontentini rivojlantiriş markazi yozuvçi va şoirlar örtasida ertak-romanlar yönalişida ijodiy tanlov eʼlon qiladi.

Ertak-romanlar uçun asar ğoyasi, syujeti, umumiy voqealar, qahramonlar arxetipi hamda xarakteri, maqsadli auditoriyasi va uslubi aniq körsatilgan sinopsis hamda asardan kamida 20 sahifadan iborat bölgan parça topşiriladi.

Ertak-romanlar bolalarni birdamlikka, jamoaviylikka, yovuzlikka qarşi birlaşib kuraşişga örgatadigan, qizlarning jamiyatdagi örnini kengaytirişga hissa qöşadigan, bolalar qalbida vatanparvarlikning ilk kurtaklarini şakllantiradigan bölişi kerak.

Ekspertlar kengaşi tomonidan eng yaxşi deb topilgan 5 tadan 10 tagaça bölgan sinopsislar asosida ertak-romanlar böyiça mualliflarga buyurtma beriladi.

Tayyor bölgan asarlar uçun mualliflarga gonorar tölanadi, ertak-romanlar esa Markaz tomonidan çop etiladi.

Ertak-romanlar asosida töliq va qisqa metrajli ertak-filmlar yaratilganida, mualliflarga qöşimça gonorar tölanadi.

Tanlovga hujjatlar 2025-yil 28-oktyabrdan 2025-yil 28-noyabrgaça qabul qilinadi.

Batafsil ma’lumotni şu yerdan olişingiz mumkin.

Elektron poçta: press@bolalarkontenti.uz, childrenscontentuz@gmail.com

Telefon: +998555111505 (içki 1005).

 Manzil: Toşkent şahri, Olmazor tumani, Ziyo köçasi, 2-“A” uy.