Respublika işçi guruhi vakillari Buxorodagi OTMlarda ma’naviy-ma’rifiy işlar faoliyatini tahlil qilmoqda

Oliy taʼlim taşkilotlarida yoşlarga oid davlat siyosati, ma’naviy-ma’rifiy, tarbiyaviy hamda sport-soğlomlaştiriş işlarining samaradorligini örganiş maqsadida Respublika işçi guruhi taşkil etilgan. Mazkur işçi guruh vakillari bölgan Talaba va öquvçilarning ijtimoiy faolligini oşiriş markazi xodimlari ayni kunlarda Buxoro davlat universiteti va Buxoro davlat pedagogika institutiga taşrif buyurib, ularda amalga oşirilayotgan ma’naviy-ma’rifiy işlar faoliyatini tahlil qilmoqda.

Taşrif davomida Işçi guruh a’zolari oliy taʼlim taşkiloti faoliyati, ta’lim jarayonlari va talabalarga yaratilgan şart-şaroitlar bilan yaqindan tanişdilar. Şuningdek, talabalar tomonidan yaratilgan ilmiy qöllanmalar, ijodiy işlar va innovatsion loyihalar ham örganildi hamda talabalarning tadbirkorlik, ma’naviyat, ta’lim va yoşlar taşabbuslarini yanada rivojlantiriş borasidagi fikrlari tinglanib, kelgusida bu boradagi işlarni yanada takomillaştiriş uçun tavsiyalar berildi.

Şu bilan birgalikda, “Kelajak soatlari” rukni ostida ötkazilayotgan dars maşğulotlarining sifati va taşkil etiş jarayoni tahlili qilindi.