Tyutorlar malakasini oşiriş – yoşlar bilan işlaşda yangi bosqiç!

12.11.2025313

 Tyutorlar malakasini oşiriş – yoşlar bilan işlaşda yangi bosqiç!

 “Talaba va öquvçilar ijtimoiy faolligini oşiriş markazi” tomonidan oliy ta’lim muassasalarida faoliyat yuritayotgan tyutorlar uçun malaka oşiriş işlari tizimli ravişda olib borilmoqda.

Mazkur dastur tyutorlarning kasbiy mahoratini yuksaltiriş, yoşlar bilan işlaşda samarali yondaşuvlarni şakllantiriş hamda ta’lim muassasalarida ijtimoiy faollikni oşirişni maqsad qilgan.

         

Toşkent şahridagi OTM tyutorlari uçun maşğulotlar oflayn şaklda, ya’ni markazda bevosita qatnaşiş asosida taşkil etilmoqda. Dars jarayonlarida iştirokçilar tajribali mutaxassislar rahbarligida ma’ruzalar, amaliy seminarlar va treninglarda qatnaşib, öz iş faoliyatida qöllaş uçun zarur bilim va könikmalarni egallamoqdalar.

         

 Viloyatlarda faoliyat yuritayotgan tyutorlar esa onlayn formatda öqitilmoqda – bu ularning joyidan qat’i nazar, masofadan turib malakasini oşiriş imkonini bermoqda.

Markaz tomonidan muntazam ravişda amalga oşirilayotgan uşbu dasturlar tyutorlarning kasbiy salohiyatini oşiriş, yoşlar bilan işlaş samaradorligini kuçaytiriş va ta’lim muassasalarida soğlom ijtimoiy-ma’naviy muhitni şakllantirişga xizmat qilmoqda.