“Til bilimdonlari” respublika tanlovining ğolib va sovrindorlari aniqlandi

14.11.2025142

“Til bilimdonlari” respublika tanlovining ğolib va sovrindorlari aniqlandi

Bugun Toşkent davlat texnika universitetida özbek tiliga davlat tili maqomi berilganligining 36 yilligi munosabati bilan Talaba va öquvçilarning ijtimoiy faolligini oşiriş markazi tomonidan taşkil etilgan, 102 mingdan ortiq talaba-yoşlarni qamrab olişga erişgan “Til bilimdonlari” respublika tanlovining final bosqiçi taşkil etildi. Unda öz hududlarida 1-,2-,3-örinlarni egallagan 48 nafar iştirokçilar 2 şart: test va inşo yoziş böyiça özaro bellaşdi. Yakuniy natijalariga köra quyidagi iştirokçilar tanlov ğoliblari deb topildi:

      

1-örin: Ra’no Abduxamidova – ToşDÖTAU talabasi;
2-örin: Şaxnoza Yusupova – ÖzMPU talabasi;
3-örin: A’loxon Hasanova – ÇDPDU talabasi;
4-örin: Muxlisa Pardayeva – QarDU talabasi;
5-örin: Şahzoda Soğinboyeva – NamDU talabasi.

Tanlov ğoliblari Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan diplom va mos ravişda 1-örin 8 million söm, 2-örin 6 million söm, 3-örin 5 million söm, 4-örin 3 million söm va 5-örin 2 million sömlik vauçerlar bilan taqdirlanadi.

    

Tanlov nizomiga muvofiq, final bosqiçida iştirok etgan barça iştirokçilar vazirlik tomonidan elektron sertifikat hamda özi tahsil oladigan oliy ta’lim muassasasi tomonidan hududiy bosqiçdagi natijasi uçun pul mukofotlari bilan taqdirlanadi.

     

Barça ğolib va sovrindor bölgan talabalarni samimiy muborakbod etamiz.