Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Talaba va öquvçilarning ijtimoiy faolligini oşiriş markazida “Islohotlar bilimdoni” respublika körik-tanlovining final bosqiçi boşlandi.

Final bosqiçini oçib beriş uçun Markaz direktori Abdumalik Akramov sözga çiqib, bugungi kunda ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy sohalardagi strategik islohotlarning yurtimiz hayotidagi ahamiyati, ularni amalga oşirişda ta’lim sohasi vakillarining örni muhim ekanligini ta’kidlab, tanlov iştirokçilariga omad tiladi.

Şundan söng, final bosqiçining 2-şarti böyiça iştirokçilarning ma’naviy, mafkuraviy, siyosiy, huquqiy tarğibot sohasidagi faoliyati hamda amalga oşirgan işlari taqdimotlari boşlandi. Taqdimot qiliş navbati qur’a taşlaş orqali aniqlandi. Ayni vaqtda “Eng faol milliy ğoya va ma’naviyat tarğibotçisi” nominatsiyasi böyiça nomzodlarning taqdimotlari hamda sohaga oid bilim va könikmalari baholanmoqda.

Eslatib ötamiz, tanlovning yakuniy bosqiçida ğolib deb topilgan iştirokçilar Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan diplom va pul mukofotlari bilan taqdirlanadi:
1-örin: BHMning 45 barobari miqdorida;
2-örin: BHMning 40 barobari miqdorida;
3-örin: BHMning 35 barobari miqdorida pul mukofoti.