“Islohotlar bilimdoni” Respublika körik-tanlovining 2025-yilgi respublika bosqiçi ğoliblari aniqlandi!

02.12.2025192

 “Islohotlar bilimdoni” Respublika körik-tanlovining 2025-yilgi respublika bosqiçi ğoliblari aniqlandi!  

 Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Talaba va öquvçilarning ijtimoiy faolligini oşiriş markazida 27-28-noyabr kunlari “Islohotlar bilimdoni” keng tarmoqli respublika ilmiy-maʼrifiy körik-tanlovi final bosqiçining yakuniy 2-şarti bölib ötdi. Unda  saralangan 50 nafar iştirokçi öz taqdimotlarini ötkazdilar.

   

Nomzodlarni baholaşda ularning notiqlik mahorati, islohotlar mohiyatini izçil tuşuntira olişi, ma’naviy-ma’rifiy sohadagi amaliy işlari va şaxsiy taşabbuslari, şuningdek, berilgan savollarga töğri va asosli javob berişi asosiy mezon böldi.

    

Har bir nominatsiya böyiça taqdimotlar yakunlanişi bilanoq Hakamlar hayʼati tomonidan yakuniy natijalar hamda ğoliblar e‘lon qilindi (ğoliblar röyxati yuqoridagi rasmda körsatilgan). Final bosqiçida qatnaşgan barça iştirokçilariga Vazirlikning taşakkurnomalari topşirildi. 

     

Körik-tanlov ğoliblari Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan I, II va III darajali diplom hamda mos ravişda bazaviy hisoblaş miqdorining 45, 40 da 35 barobari miqdorida pul mukofoti bilan taqdirlanadi.