“Huquq bilimdonlari” respublika tanlovining hududiy bosqiç ğoliblari aniqlandi!

10.12.2025181

“Huquq bilimdonlari” respublika tanlovining hududiy bosqiç ğoliblari aniqlandi!

Uşbu bosqiçda har bir hududdan bir oliy ta’lim muassasasi mas’ul etib belgilandi va 55 mingdan ortiq iştirokçilar içidan saralaş bosqiçida eng yuqori natijaga erişgan 150 nafar iştirokçi mazkur oliygohlarga taşrif buyurib, kuzatuvçi nazorati ostida 2-bosqiç testlarini işladi. Har bir hududdagi jarayonlar Respublika taşkiliy guruhi tomonidan Zoom platformasi orqali nazorat qilib borildi.

      

Iştirokçilarga korrupsiya va konstitutsiya böyiça 50 ta test savollari berildi. Yakunda har bir hudud böyiça 1-örinni egallagan iştirokçilar aniqlandi va tanlovning yakuniy respublika bosqiçi yöllanmasiga ega böldi. 

      

Respublika bosqiçi iştirokçilari röyxati:
Andijon: Gulşanoy Xabibullayeva – ADÇTI talabasi
Buxoro: Hurmatxon Maxmudova – BuxDU talabasi;
Farğona: Muhammadrajab Habibullayev – FarDU talabasi;
Jizzax: Javohir Hamidov – ÖzMU JF talabasi;
Namangan: Jörabek Abduqodirov – NamDU talabasi;
Navoiy: Nilufar Hasanova – NavDU talabasi;
Qaşqadaryo: Diyorbek Ergaşov – QarDU talabasi;
Qoraqalpoğiston: Guljamol Joldasbaeva – QDU talabasi;
Samarqand: Isomiddin Boymanov – SamDTU talabasi;
Sirdaryo: Şoxruzbek Rahmonov – GulDU talabasi;
Surxondaryo: Mohiniso Xudoyberdiyeva – DTPI talabasi;
Xorazm: Bibijon Saibbayeva – UrDU talabasi;
Toşkent vil: Mizrob Raxmatov – JXU talabasi;
Toşkent: Normurod Xurramov – TDYU talabasi;
Toşkent: Rayxona Abrikulova – HMQA talabasi.