Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Talaba va öquvçilarning ijtimoiy faolligini oşiriş markazi mamlakatimizda amalga oşirilayotgan keng kölamli islohotlarda yoşlarning faol iştirokini taʼminlaş, ularning adabiyotga qiziqişlarini yanada oşiriş hamda öz iqtidorlarini namoyiş etiş uçun imkoniyat yaratiş maqsadida “Maʼrifat maydoni” Respublika körik-tanlovini eʼlon qiladi.
Tanlovda sanʼat oliygohlaridan taşqari Respublikadagi barça oliy taʼlim muassasalari 12 nafargaça bölgan talabalardan taşkil topgan jamoalari bilan iştirok etişlari mumkin.
Tanlovda jamoalar özaro 3 ta şart böyiça bellaşadilar:
1-şart: “Adib hayoti” körgazmali taqdimot çiqiş;
2-şart: Tezkor savol-javob;
3-şart “Adiblar hayoti va ijodidan teatrlaştirilgan kompozitsiya”.
Tanlov ğoliblari quyidagi tartibda taqdirlanadi:
Mintaqaviy bosqiçda ğolib bölgan jamoa aʼzolari özi tahsil oladigan taʼlim muassasasining byudjetdan taşqari mablağlari hisobidan planşet, diplom va faxriy yorliqlar bilan taqdirlanadi.
Respublika bosqiçi ğoliblari esa Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan diplom hamda quyidagi tartibda pul yutuqlari bilan taqdirlanadi.
1-örin 40 million söm;
2-örin 25 million söm;
3-örin 20 million söm;
4-örin 10 million söm;
5-örin 5 million söm.
Tanlovda iştirok etiş istagidagi talaba-yoşlar özi tahsil olayotgan oliygohning yoşlar bilan işlaş, maʼnaviyat va maʼrifat böyiça masʼullariga murojaat qilişi mumkin.
Tanlovning ilk fakultet bosqiçi har bir oliy taʼlim muassasasida joriy yilning 5-dekabrdan 15-dekabrga qadar taşkil etiladi.