“Huquq bilimdonlari” respublika bilimlar bellaşuvi ğoliblari aniqlandi!

Bugun Talaba va öquvçilarning ijtimoiy faolligini oşiriş markazida “Huquq bilimdonlari” respublika bilimlar bellaşuvining yakuniy final bosqiçi bölib ötdi. Nizomga muvofiq, iştirokçilar tanlovning final bosqiçi şartlari: (https://t.me/yoshlareduuz/19543) test savollari va inşo yoziş böyiça iştirokçilarning özaro bellaşdi. 1-şart yakunlanganidan söng iştirokçilarning test natijalari Hakamlar hay’ati tomonidan tekşirilib, natijalar e’lon qilindi hamda apellyatsiya jarayoni ötkazildi.

Final bosqiçi yakunida barça iştirokçilarga Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining faxriy yorliqlari, şuningdek, tanlovda iştirok etgan talabalarning bilimini adolatli baholaşga öz hissasini qöşgan Hakamlar hay’ati a’zolariga taşakkurnomalar topşirildi.

Yakuniy natijalarga köra, quyidagi iştirokçilar ğolib deb topildi:
🥇 Guljamol Joldasbaeva – QDU talabasi (Qoraqalpoğiston);
🥈 Bibijon Saibbayeva – UrDU talabasi (Xorazm viloyati);
🥉 Rayxona Abrikulova – HMQA talabasi (Toşkent şahar).
Eslatib ötamiz, bilimlar bellaşuvi ğoliblari Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan 6, 5 va 4 million söm miqdorida pul mukofotlari bilan taqdirlanadi.