“Talabalar teatr studiyalari” körik-festivalining hududiy bosqiçlariga start berildi

11.12.2025185

“Talabalar teatr studiyalari” körik-festivalining hududiy bosqiçlariga start berildi

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Vazirlik huzuridagi Talaba va öquvçilarning ijtimoiy faolligini oşiriş markazi, Madaniyat vazirligi  hamda Özbekiston Milliy teleradiokompaniyasi bilan hamkorlikda taşkil etilayotgan “Talabalar teatr studiyalari” körik-festivalining 2026-yilgi ikkinçi hududiy bosqiçlari ötkazilmoqda. 

          

Hozirga qadar tanlovning Xorazm va Buxoro viloyatlari böyiça hududiy saralaşi ötkazildi. Yakuniy natijalarga köra, Xorazm viloyatidagi oliy ta’lim muassasalari jamoalari örtasida Ma’mun universiteti, Buxoro viloyati hududiy bosqiçida Buxoro davlat tibbiyot instituti jamoalari ğolib topilib, keyingi bosqiç yöllanmasini qölga kiritdi. 

Xorazm viloyati böyiça yakuniy natijalar:
↪️1-örin – Ma’mun universiteti jamoasi
↪️2-örin – Urganç davlat tibbiyot instituti 
↪️3-örin – UrDU hamda UrDPI jamoalari
Buxoro viloyati böyiça yakuniy natijalar
↪️1-örin – Buxoro davlat tibbiyot instituti jamoasi; 
↪️2-örin – Buxoro davlat universiteti jamoasi;
↪️3-örin – Buxoro davlat pedagogika instituti jamoasi. 

Ayni paytda tanlovning Navoiy viloyatidagi hududiy saralaş bosqiçi Navoiy davlat universiteti mezbonligida ötkazilmoqda.

Mazkur körik-festivalning hududiy bosqiçida jami 80 ta oliy ta’lim taşkilotlarining talabalar teatr jamoalari özaro 19 ta guruhga bölingan holda bellaşadilar va ğoliblar mintaqaviy bosqiç yöllanmasiga ega böladi. Viloyatlar va Qoraqalpoğiston Respublikasidagi hududiy bosqiç bellaşuvlari 2025-yil 22-dekabrga qadar taşkil etilsa, Toşkent şahridagi oliygohlar örtasida 2026-yilning 15-21-yanvar sanalarida ötkaziladi.