“Yilning eng faol talabasi – 2025” respublika körik-tanlovi yakunlandi

Talaba va öquvçilarning ijtimoiy faolligini oşiriş markazida “Yilning eng faol talabasi – 2025” respublika körik-tanlovi yakuniy bosqiçi bölib ötdi. Unda tanlovning barça nominatsiyalari böyiça saralaş jarayonidan muvaffaqiyatli ötgan nomzodlar öz taqdimotlari bilan iştirok etdilar.

Bugun “Yilning eng faol ijodkor talabasi” hamda “Yilning eng faol tadbirkor talabasi” nominatsiyalari böyiça iştirokçilarning taqdimotlari baholandi. Yakuniy natijalarga köra, nominatsiya ğoliblari röyxati quyidagiça köriniş oldi:
“Yilning eng faol ijodkor talabasi”
🥇1-örin: Qahramon Sattixöjayev – NamDU talabasi;
🥈2-örin: Nilufar Ruxillayeva – ÖzMU talabasi;
🥉3-örin: Umida Tursinbayeva – ÖzDK Nukus filiali talabasi;
🥉3-örin: Aziza Şaxobiddinova – ADPI talabasi.
“Yilning eng faol tadbirkor talabasi”
🥇1-örin: Şaxzoda Imomaliyeva – DTPI talabasi;
🥈2-örin: Zebiniso Tairova – NDPI talabasi;
🥈2-örin: Mohinur Orifjonova – FarDU talabasi;
🥉3-örin: Gözal Yusupova – ÖzMPU talabasi.
Tanlov böyiça taqdimotlar yakunlanganidan söng, Markaz rahbari Abdumalik Akramov tanlov iştirokçilarini adolatli va şaffof baholab borgan Hakamlar hay’ati a’zolariga taşakkurnomalar topşirdi. Şuningdek, nominatsiyalar böyiça 4-, 5-örinlarni egallagan iştirokçilarga vazirlik faxriy yorliqlari berildi.

Eslatib ötamiz, tanlovning barça nominatsiyalari böyiça uçala örin ğoliblari tantanali taqdirlaş marosimida maxsus statuetka, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining tegişli darajadagi diplomlari va mos ravişda bazaviy hisoblaş miqdorining 15, 10 va 8 barobari miqdorida pul mukofotlari bilan taqdirlanadi.
