“Yilning eng faol talabasi – 2025” respublika körik-tanlovining yakuniy bosqiçi ötkazilmoqda

25.12.2025217

“Yilning eng faol talabasi – 2025” respublika körik-tanlovining yakuniy bosqiçi ötkazilmoqda

Talaba va öquvçilarning ijtimoiy faolligini oşiriş markazida taşkil etilayotgan mazkur nufuzli respublika tanlovining final bosqiçi katta qiziqiş va yuqori ruhda davom etmoqda. Uşbu bosqiçda mamlakatimizning turli hududlaridan kelgan, har bir nominatsiya böyiça saralaş jarayonlaridan muvaffaqiyatli ötgan eng faol, taşabbuskor va iqtidorli talabalar iştirok etmoqda.

      

Final bosqiçini oçib beriş uçun Markaz direktori Abdumalik Akramov sözga çiqib, bugungi kunda talaba-yoşlarning salohiyatini yuzaga çiqariş, ularni yangi ğoya va taşabbuslarga ruhlantiriş hamda ijtimoiy faolligini yanada oşiriş muhim ekanligini ta’kidlab, tanlov iştirokçilariga omad tiladi.

      

Tanlovda nomzodlar öz taqdimotlari orqali ilmiy, ijtimoiy va ma’naviy-ma’rifiy faoliyatdagi yutuqlari, amalga oşirgan loyihalari hamda jamiyat hayotidagi faol iştirokini namoyon etmoqda.  Tanlov jarayonida hakamlar hay’ati tomonidan nomzodlarga savol-javoblar ötkazilib, ularning mustaqil fikrlaşi, muammolarga yondaşuvi, liderlik qobiliyati hamda taşabbuskorligi baholanmoqda.