“Siz yangi qonunni bilasizmi?”

28.11.202374

    

    Talaba va öquvçilarning ijtimoiy faolligini oşiriş markazi “Siz yangi qonunni bilasizmi?” onlayn viktorinasini e’lon qiladi!

    Uşbu viktorina Özbekiston Respublikasi Prezidentining “Özbekiston Respublikasida Inson huquqlari sohasidagi Milliy ta’lim
dasturini tasdiqlaş töğrisida”gi PQ-46-son qarorida belgilangan “Huquqiy savodxonlik oyligi” doirasida Özbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilingan kun munosabati bilan Xotin-qizlarni ilm-fan va innovatsiyalar sohasiga jalb qiliş, ularning oliy ta’lim olişga bölgan qiziqişlarini va huquqiy savodxonligini yanada oşiriş maqsadida taşkil qilinadi.

    Viktorinada oliy ta’lim muassasalarida tahsil olayotgan talaba-qizlar (bakalavr va magistrlar) iştirok etişi mumkin.
    Viktorina doirasida iştirokçilarga Özbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga tegişli 50 ta test savollari beriladi.
    Test savollari 29-noyabr kuni 20:00 da @manaviyateduuz kanalida e’lon qilinadi.
    Test savollarini 30-noyabr kuni soat 12:00 ga qadar işlaş mumkin.
    Yakunda eng köp töğri javob topgan 10 nafar iştirokçi tanlov ğolibi deb topiladi va onlayn sertifikat bilan taqdirlanadi.
    Ğoliblikka davogar iştirokçilarning ballari teng bölib qolgan taqdirda, kim testni avvalroq işlagan bölsa, uşa iştirokçi yuqori örinni egallaydi.

    Onlayn viktorinada barça talaba-qizlarni faol bölişga çorlaymiz!