Milliy armiya – Ona yurt qalqoni, tinçligimiz posboni!

13.01.2026240

 Milliy armiya – Ona yurt qalqoni, tinçligimiz posboni!

Bugun Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda Vazirlik huzuridagi Talaba va öquvçilarning ijtimoiy faolligini oşiriş markazi taşabbusi bilan Özbekiston Respublikasi Qurolli Kuçlari taşkil etilganining 34 yilligi hamda 14-yanvar – “Vatan himoyaçilari kuni” munosabati bilan harbiy parad va bayram tadbiri taşkil etildi.

     

Mazkur tadbirda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining birinçi örinbosari Sardor Radjabov hamda vazir örinbosari Öktam Salomov ham iştirok etib, barça harbiylar va tadbir iştirokçilarini bayram bilan tabrikladi.

    

Özbekiston Respublikasi Milliy Gvardiyasi, Harbiy xavfsizlik va mudofaa universiteti, Jamoat xavfsizligi universiteti kursantlari hamda Toşkent şahridagi OTMlarning “Qalqon” guruhi a’zolari iştirokidagi harbiy parad Beruniy metrosidan boşlanib, universitet köçasi orqali Özbekiston Milliy universitetigaça davom etib, harbiy texnika va qurol-aslahalar körgazmasi ulanib ketdi. Bayram tadbirida kursantlar iştirokida qöl jangi va qurol bilan jangovar çiqişlar ham namoyiş etildi.

   

Uşbu bayram tadbiri Vatan himoyaçilarining jasorati va fidoyiligini uluğlaş, yoş avlod qalbida Vatanga muhabbat, milliy ğurur va harbiy burçga sadoqat tuyğularini yanada mustahkamlaşga xizmat qiladi.