Vazirlik va idoralarda eng köp kitob öqigan xodimga pul mukofoti beriladi

16.01.2026257

Vazirlik va idoralarda eng köp kitob öqigan xodimga pul mukofoti beriladi

Prezident farmoniga köra, endi barça vazirlik va idoralarda eng köp kitob öqigan xodimga pul mukofoti beriladi va kitobxonlik böyiça içki reyting tizimi joriy etiladi.

2026-yil 1-martga qadar tegişli soha böyiça tavsiya etiladigan kasbiy faoliyatga oid adabiyotlar röyxati şakllantiriladi;
har yili kamida 3 tadan kasbiy faoliyatga oid xorijiy adabiyotlarni mahalliy naşriyotlar orqali özbek tiliga tarjima qilib, malakali mutaxassislar iştirokida ularni izohlar, luğat va misollar bilan boyitiş amaliyoti joriy etiladi;
2026-yil 1-aprelga qadar özida va tizimidagi taşkilotlarda “Kitob burçagi” taşkil etiladi va xodimlar uçun har oyda “Kitob öqiş soati” yölga qöyiladi;
kitobxonlik böyiça içki reyting tizimi joriy etiladi;
tanlov asosida eng köp kitob öqigan xodimga 1 oylik iş haqi miqdorida pul mukofoti beriladi.

Şuningdek, eng köp kitob öqigan top-100 talikka kiradigan öquvçi va talabalarning har biriga BHMning 25 baravari miqdorida pul mukofoti beriladi.