15 yillik stajga ega pedagoglar uçun ipoteka badalining 25 foizi davlat tomonidan qoplanadi
Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 19-fevraldagi 69-sonli “Oliy malaka toifasiga (boş öqituvçi lavozimiga) ega bölgan pedagoglarni ijtimoiy qöllab-quvvatlaş böyiça qöşimça çora-tadbirlar töğrisida”gi qarori mamlakatimiz taʼlim tizimida tarixiy ahamiyatga ega bölgan muhim voqelik sifatida namoyon böldi.
Ilk bor oliy malaka toifasiga (boş öqituvçi lavozimiga) ega bölgan pedagoglar uçun ipoteka krediti böyiça davlat subsidiyasi joriy etilişi ustoz va murabbiylar mehnatini yuksak eʼtirof etiş, ularning fidokorona xizmatini munosib rağbatlantiriş hamda ijtimoiy himoyasini yangi, sifat jihatdan yuqori bosqiçga olib çiqişga qaratilgan qatʼiy siyosiy irodaning amaliy ifodasidir.
Mazkur qaror orqali öqituvçi va ustozlik kasbining jamiyatdagi maqomi yanada mustahkamlanib, pedagoglarning farovon turmuş keçirişini taʼminlaşga qaratilgan keng qamrovli va tizimli mexanizm yölga qöyildi.
Unga köra:
2026-yildan boşlab kamida 15 yil iş stajiga va oliy malaka toifasiga (boş öqituvçi lavozimiga) ega bölgan pedagoglarga Iqtisodiyot va moliya vazirligi tomonidan qayta moliyalaştiriladigan ipoteka kreditlari boşlanğiç badalining 25 foizini qoplaş uçun Davlat byudjetidan subsidiya ajratiş tartibi joriy etiladi;
subsidiya oliş uçun arizalar Davlat xizmatlari markazlari yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (my.gov.uz) orqali qabul qilinadi hamda uy-joy kadastri faoliyatini boşqarişning “Davlat xizmatlari markazlari” elektron platformasiga integratsiya qilinadi;
ipoteka kreditini boşlanğiç badalining 25 foizi qonunçilik hujjatlarida belgilangan ipoteka kreditlarini qayta moliyalaştirişning eng kam miqdorlaridan kelib çiqib aniqlanadi;
subsidiya oliş uçun kelib tuşgan arizalar “subsidiya.idm.uz” elektron platformasi orqali inson omillisisiz körib çiqiladi hamda subsidiya platformasi tomonidan avtomatik tarzda tölov platformasi orqali subsidiya tölanadi;
uşbu qarorga muvofiq ajratiladigan subsidiyalarni moliyalaştiriş uçun Davlat byudjetidan har yili 200 mlrd sömgaça mablağ yönaltiriladi.
Qarorga köra, Kambağallikni qisqartiriş va bandlik vazirligi Maktabgaça va maktab taʼlimi vazirligi hamda Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi bilan birgalikda ikki hafta muddatda oliy malaka toifasiga (boş öqituvçi lavozimi)ga ega kamida 15 yil iş stajiga ega bölgan pedagoglar töğrisida maʼlumotlar bazasini şakllantiriş belgilangan.