“Yurtim qadriyatlari” respublika körik-tanlovining hududiy bosqiçlariga start berilmoqda!

Özbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda Özbekiston Yozuvçilar uyuşmasining 2024-yil 9-oktabrdagi qöşma qaroriga muvofiq, oliy ta’lim taşkilotlari talaba-yoşlari örtasida “Yurtim qadriyatlari” respublika tanlovining 2-hududiy bosqiç bellaşuvlari 2-martdan 13-mart kuniga qadar bölib ötadi.

Mazkur tanlov yoşlarning milliy qadriyatlar, tarixiy xotira, ma’naviy meros va adabiy-estetik tafakkurini mustahkamlaş, ijodiy va intellektual salohiyatini namoyon etişga xizmat qiladi. Hududiy bosqiçlarda respublikaning barça hududlaridan 100 dan ortiq oliy ta’lim muassasalari jamoalari iştirok etmoqda.

Tanlov jarayonlari Yozuvçilar uyuşmasining hududiy bölimlari, san’at va madaniyat xodimlari hamda soha mutaxassislaridan iborat malakali hakamlar hay’ati tomonidan baholanadi.

Eslatib ötamiz, hududiy bosqiçda barça jamoalar 19 ta guruhga bölingan holda özaro bellaşadilar va har bir guruh ğoliblari mintaqaviy bosqiçda iştirokini davom ettiradi.
Barça iştirokçi jamoalarga omad, ijodiy yutuqlar va yuqori natijalar tilaymiz!