Oliy taʼlim taşkilotlari talaba-yoşlari örtasida ötkaziladigan “Maʼrifat maydoni” respublika tanlovining 2-hududiy bosqiçi ğoliblari aniqlandi.

Özbekiston davlat sanʼat va madaniyat instituti Nukus filialida ötkazilgan tanlovda NukDTU, QorTI, NukDPI, QorDU va SamDVMÇBU Nukus filiali jamoalari filiali iştirok etişdi. Yakuniy natijalarga köra, Nukus davlat pedagogika institutining “Renessans yoşlari” jamoasi ğolib bölib, keyingi bosqiçga yöllanmani qölga kiritdi.

Urganç davlat tibbiyot institutida UrDU, Urganç innovatsion universiteti, Al-Xorazmiy universiteti, UrDPI, UrDTI, Urganç Ranç texnologiya universiteti, Maʼmun universiteti tanlovning 2-hududiy bosqiçida iştirok etişdi. Yakunda, Urganç innovatsion universitetining “Tong yulduzi” jamoasi 1-örinni qölga kiritib, keyingi bosqiçga yöllanmani oldi.
Yunus Rajabiy nomidagi Jizzax viloyati musiqali drama teatrida hududiy bosqiç bölib ötdi. Musobaqada JDPU, JizPI, ÖzMU Jizzax filiali jamoalari iştirok etdi. Yakunda, 1-örin Jizzax davlat pedagogika universiteti “Ma’rifatparvarlar” jamoasiga nasib etdi.
Samarqand davlat universitetida ötkazilgan hududiy bosqiçda SamATI, SamDTU, SamDPI va SamDU Urgut filiali jamoalari iştirok etdi. Bellaşuvda Samarqand davlat universiteti Urgut filialining “Yoş ma’rifatçilar” jamoasi 1-örinni qölga kiritdi.
Ğolib jamoalarga respublika bosqiçida omad tilaymiz!