“Köksaroy” qarorgohida Prezident Şavkat Mirziyoyevning yoşlar bilan muloqoti ötkazildi

24.02.2026209

#MeningPrezidentim #YoşlarPrezidenti

      

“Köksaroy” qarorgohida Prezident Şavkat Mirziyoyevning yoşlar bilan muloqoti boşlandi. Qoraqalpoğiston, viloyatlar va Toşkent şahridagi studiyalardan uçraşuvda 60 mingdan ziyod yoşlar vakillari iştirok etmoqda.

Davlatimiz rahbari yiğilganlarni samimiy qutladi. 
“Yurtimizdagi 22 milliondan ziyod yoşlarimiz timsolida biz juda katta iqtisodiy, ijtimoiy va siyosiy kuçni köramiz”, – dedi Prezidentimiz. 
 
Har bir vazir, hokim, oliygoh rektori, texnikum, maktab direktori va boşqa mas’ullar hududidagi yoşlarni til va kasb-hunar örganişi, sport bilan şuğullanişi, ğoya, loyiha va startapiga kömak berib, ularni östirişi, işli va daromadli qilib, birorta yoşni e’tiborsiz qoldirmaslikka yanada katta mas’uliyat bilan yondaşib işlaşi lozimligi qayd etildi.

Yiğilişda yoşlar tomonidan erişilgan yutuqlar aytib ötildi:
Yaratilgan keng imkoniyatlar natijasida sönggi yillarda yoşlarimiz jahon fan olimpiadalarida 66 ta oltin, 147 ta kumuş, 221 ta bronza medalini qölga kiritdi. 
Garvard, Yel, Prinston, Kolumbiya, Kornell kabi dunyoning eng nufuzli oliygohlarida tahsil olayotgan yoşlarimiz 500 nafardan, TOP-100 talikda öqiyotgan öğil-qizlarimiz 3,5 ming nafardan oşdi. 
Yangilikka intiluvçan yoşlarimiz yaratgan 63 ta startap loyihasi AQŞ, Janubiy Koreya, Buyuk Britaniya va Birlaşgan Arab Amirliklari kabi davlatlar bozoriga kirib bordi. 
Yoş sportçilarimiz xalqaro arenalarda 720 ta oltin, 671 ta kumuş va 854 ta bronza medalining sohibi böldi. Bugun yoş tadbirkorlar yurtimizdagi biznes vakillarining 35 foizini taşkil etmoqda.
 
Bu yil Toşkent şahrida Jahon yoşlarining tinçlik sari harakati boş qarorgohi taşkil etilişi, Samarqand şahri Yoşlar parlamenti a’zolarining 12-global konferensiyasi, “Take Off” xalqaro startap sammiti va 46-Butunjahon şaxmat olimpiadasiga mezbonlik qilişi e’lon qilindi. 
 
Dunyoda kun sayin yoşlar ongini egallaş böyiça yangi tahdidlar yuzaga kelayotgan şaroitda barça darajadagi rahbarlar yoşlar bilan işlaş böyiça yangi iş tizimiga ötişi zarurligi qayd etildi.