Payşanba – “Yoşlar kuni”!

Mamlakatimizda har haftaning payşanba kuni vazirlik, idora va hokimliklarda “Yoşlar kuni” bölişi belgilandi.
Şu kuni sohaga mas’ul rahbarlar mahalla, maktab va texnikumlarga borib, yoşlarni eşitadi va muammosini hal qiladi.
Hokimlar tomonidan yoşlar uçun zamonaviy savdo va servis loyihalari amalga oşiriladi.
Yoşlarning ta’lim olişi, sport bilan şuğullanişi, kasb va xorijiy tillarni örganişi, işga joylaşişi yoki tadbirkorlik faoliyatini yölga qöyişiga har tomonlama kömak beriladi.
Şuningdek, startap taşabbuskorlari bilan uçraşuvlar taşkil etilib, ularni qöllab-quvvatlaş uçun alohida mablağ va grantlar ajratiladi.
Bundan taşqari, eng yaxşi tomorqaçi, fermer, sanoatçi, startapçi, ijodkor, ma’naviyat yönalişidagi yoşlar uçun qiziqarli mavzularda tanlovlar va yarmarkalar ötkaziladi.
Har yili 600 ming yoşlar mehnat bozoriga kirib kelmoqda, 2030-yilga borib, ular 1 millionga yetadi. Yoşlarga öziga mos iş topişi uçun şaroit yaratiş – eng muhim masala ekani qayd etildi.

Yoşlar örtasida sörovnoma ötkazilib, ularning uçdan biri tadbirkor böliş istagini bildirgan. Ötgan yili yoşlar bandligini ta’minlaş uçun banklar va Yoşlar işlari agentligiga 400 million dollar berilgan edi. Xususan, “Yoşlar biznesi”, “Kelajakka qadam” dasturlari hisobidan 15 ming nafar yoşlar öz tadbirkorligini yölga qöydi, 50 ming odamni iş bilan ta’minladi.
Prezidentimiz yoşlar tadbirkorligi uçun qöşimça 200 million dollar ajratilişini e’lon qildi. Özini özi band qilgan yoşlar uçun kredit miqdori 100 milliondan 300 million sömgaça oşiriladi. Yoş tadbirkorlar loyihalari uçun 10 milliard sömgaça kredit ajratiş (hozir 5 milliard sömgaça) mumkin böladi. Innovatsion startap loyihalariga 100 ming dollargaça investitsiya kiritişga ruxsat beriladi. Servis va umumiy ovqatlaniş sohasida 1 mingdan ziyod iş örni yaratgan mahalliy brendlardan franşiza olib, filial oçişga qiziqayotgan yoşlar uçun qulay moliyalaştiriş paketlari joriy qilinadi.
