Xorijiy til sertifikatini olgan yoşlarga imtihon va öqiş xarajatlarini qoplaş tizimi joriy etilgani katta samara berdi: sertifikatga ega yoşlar soni 600 mingdan oşdi, xorijiy tillarni mukammal biladigan 72 ming instruktor şakllandi.

Yaratilgan qulayliklar tufayli xususiy öquv markazlari soni 38 mingdan oşdi. Mazkur yönalişda yoş tadbirkorlar Öquv markazlari uyuşmasini taşkil etdi va Prezident tomonidan qöllab-quvvatlandi.
Endilikda uyuşmaga a’zo bölgan markazlar binosini ijaraga bergan tadbirkorlar soliqdan ozod qilinadi, öqituvçilar esa Yoşlar işlari agentligi hisobidan AQŞ, Buyuk Britaniya, Singapur, Yaponiya kabi ilğor markazlarga stajirovkaga yuboriladi.
Joriy yildan “Kelajak tadbirkori” dasturi işga tuşiriladi va yoş tadbirkorlarga 7 yilgaça 15% kredit ajratiladi.
Özini band qilganlarga garovsiz 20 million sömgaça,
Yangi biznes boşlayotganlarga 300 million sömgaça,
Faoliyatini kengaytirayotganlarga 2 milliard sömgaça,
Kamida 5 bitiruvçini işga olganlarga 10 milliard sömgaça kredit beriladi.
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi bilan birgalikda “Mening birinçi kasbim” dasturi joriy etilib, stajirovka asosida bitiruvçilar oyiga 2 million sömgaça stipendiya oladi.
Şuningdek, yoşlarning 30% biznes könikmasi yetişmasligi sababli qiyinçilikka duç kelayotgani aniqlanib, har bir hududda “Yoşlar biznes inkubatori” işga tuşiriladi. Bu markazlar tadbirkorlik, biznes-reja, buxgalteriya, marketing va içki-taşqi bozorga çiqiş böyiça kompleks xizmatlar beradi.
Uşbu markazlar 2026 yilda Qoraqalpoğiston, Jizzax, Namangan, Surxondaryo, Xorazm va Toşkent şahrida, keyingi yilda esa qolgan hududlarda taşkil qilinadi.
Ötgan yilda Kasbiy ta’lim agentligi taşkil qilinib, har bir hududda hokimlar boşçiligida Kasbiy ta’lim kengaşlari iş boşladi. Agentlik va hokimlarga texnikumlarda kasbga öqitiş dasturini iş beruvçilarning talabiga moslaş, kasb-hunar va “dual ta’lim” böyiça eng yaxşi tajribalarni joriy etiş va moddiy-texnika bazasini yaxşilaş topşirildi.
Hokimlar texnikum binolari va yerlari boşqa maqsadlarda işlatilmasligini, direktorlar esa faoliyatiga tegişli bölmagan yiğilmalarga çaqirilmasligini ta’minlaşi kerakligi ogohlantirildi. Har yili kamida 100 texnikum töliq ta’mirlanib, zamonaviy kasblarga mos jihozlanadi.

“Dual ta’lim” qamrovi kengaytiriladi, har oy texnikumlarda Kasbiy rivojlaniş kuni va mehnat yarmarkalari ötkaziladi. Texnikumlarga oliygohlar kabi spin-off oçiş ruxsat etiladi, öquvçilarning startap loyihalariga 1 milliard sömgaça ajratiladi.
Joriy yildan texnikum öquvçilari uçun “Işla va sayohat qil (Work and Travel)” dasturi asosida olti oy davomida xorijda işlaş va qöşimça daromad topiş imkoniyati yaratildi. Dastur iştirokçilari yölkira xarajatlari uçun ssuda oladi.