Yoş oilalarga uy-joy ipoteka dasturi doirasida kredit stavkasining 14% dan oşgan qismi budjetdan qoplab beriladi.

24.02.2026200

Yoş oilalarga uy-joy ipoteka dasturi doirasida kredit stavkasining 14% dan oşgan qismi budjetdan qoplab beriladi.

Har yili yurtimizda 270 mingga yaqin yangi oila taşkil topmoqda.

“Yoş oilalar uçun eng avvalo nima kerak? Albatta, qulay va şinam uy-joy zarur. Şuni hisobga olib, yoş oilalarni qöllab-quvvatlaş maqsadida uy-joy ipoteka dasturi doirasida kredit stavkasini 14 foizdan oşgan qismi budjetdan qoplab beriladi”,
 – dedi Prezidentimiz. 

Axborot xurujlari avj olayotgan bugungi kunda yoşlar örtasida kitobxonlikni ommalaştiriş muhim vazifalardan biri bölib qolişi qayd etildi. 

Bu işlarni yangi bosqiçga olib çiqiş uçun tuzilgan “Kitobxonlik madaniyatini rivojlantiriş” jamğarmasi orqali eng iste’dodli yozuvçilarga ijodiy buyurtma beriladi va bir yil davomida oyiga 20 million sömdan haq tölanadi. 

Eng sara xorijiy adabiyotlarni özbek tiliga, milliy adabiyotlarni xorijiy tillarga tarjima qiliş va çop etiş xarajatining yarmi qoplanadi. 

Mutasaddilarga yangi öquv yiligaça eng yaxşi 100 ta asardan iborat kitoblar töplamini tayyorlab, barça maktab va texnikumlarga yetkaziş topşirildi. Maktablardagi eng faol kitobxon öquvçilarga 10 million sömdan mukofot beriladi. 

 Kutubxona, “book cafe” va kitob dökonlari oçib, kitob savdosini oyiga 10 ming donadan oşirgan tadbirkorlarga uç yilga 1 milliard sömgaça 7 foizli ssuda beriş yölga qöyiladi.
 

Yoşlarning volontyorlik loyihalariga 100 million sömgaça grant beriladi

Bugun dunyo aholisining 10 foizdan ortiği volontyorlik bilan şuğullanmoqda. 
 Sönggi yillarda mamlakatimizda volontyorlik faoliyatining huquqiy asosini yaratilgani, Volontyorlar maktabi, oliygohlarda markazlar taşkil qilinganining hisobiga bizda ham bunday yoşlar 5 karra köpaydi. 

Ekologiya, tibbiy xizmat, ta’lim, favqulodda vaziyatlarda kömaklaşiş yönalişidagi volontyorlarning soni 100 mingdan oşdi. 

Mana şunday taşabbuskor yoşlarni qöllab-quvvatlaş maqsadida vazirlik va idoralar rahbarlari, faol köngilli yoşlardan iborat Volontyorlik harakatini rivojlantiriş böyiça Vasiylik kengaşini taşkil qiliş taklif etildi. 

Yoşlar işlari agentligida “Volontyorlikni qöllab-quvvatlaş” jamğarmasi taşkil qilinadi. Uşbu jamğarmaga har yili budjetdan 20 milliard sömdan mablağ beriladi. Bunga qöşimça viloyat hokimlari ham mahalliy budjetdan 3 milliard sömdan ajratadi. 

Mazkur mablağlar hisobidan yoşlarning volontyorlik loyihalariga 100 million sömgaça grant beriladi. Köngilli yoşlarga “ijtimoiy faollik kartasi” oçilib, ekologiya, ijtimoiy himoya, tibbiyot, ta’lim, jamoat xavfsizligi kabi yönalişlardagi iştirokiga qarab, ball berib boriladi.