“Amir Temur vorislari” harbiy-sport musobaqasi

11.03.2026128

“Amir Temur vorislari” harbiy-sport musobaqasi 

🏛 Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Talaba va öquvçilarning ijtimoiy faolligini oşiriş markazi tomonidan talaba-yoşlarni Vatanga sadoqat, harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalaş, soğlom turmuş tarzini tarğib etiş hamda harbiy-amaliy sport turlarini ommalaştiriş maqsadida “Amir Temur vorislari” harbiy-sport musobaqasi körik-tanlovi taşkil etilmoqda. 

🅰 Musobaqa jamoaviy tarkibda (4 nafar öğil bola va 1 nafar qiz bola) 3 bosqiçda ötkaziladi:
➡️1-bosqiç – oliy ta’lim taşkilotining içki (fakultetlararo) saralaş bosqiçi (30-martga qadar);
➡️2-bosqiç – Hududiy saralaş bosqiçi (aprel-may);
➡️3-bosqiç – Respublika bosqiçi (may-iyun).

🏆Körik-tanlovning hududiy bosqiç ğoliblari faxriy yorliq va moddiy rağbat bilan taqdirlanadi. Respublika bosqiçi ğoliblari esa I, II va III darajali diplom hamda quyidagi tartibda qimmatbaho sovgalarga ega böladi:
🥇1-örin – 5 ta noutbuk;
🥈2-örin – 5 ta planşet;
🥉3-örin – 5 ta televizor.

➡️Körik-tanlov nizomini öqiş (https://drive.google.com/file/d/1MklQxt7nYpMX-SiXkgCvWrH-ojz9IbZp/view?usp=sharing)

🇺🇿 Mazkur tanlovda barça talaba-yoşlarni faol iştirok etişga çorlaymiz! Iştirok etiş istagidagi yoşlar özi tahsil olayotgan oliygoh mas’ullariga murojaat qilişi mumkin.

💚 Barça faol va sportga qiziqadigan talabalarni “Amir Temur vorislari” harbiy-sport musobaqasida faol iştirok etişga taklif qilamiz.