
Köksaroy qarorgohida Prezident Şavkat Mirziyoyev iştirokida 8-mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan tantanali marosim bölib ötmoqda.
Davlatimiz rahbari, dastavval, butun Özbekiston ayollarini ayyom bilan samimiy muborakbod etdi.
“Inson hayotini, jamiyat taraqqiyotini xotin-qizlarsiz, ularning ezgu fazilatlarisiz tasavvur etib bölmaydi. Biz sizlarning timsolingizda Uçinçi Renessans bunyodkori bölib, maydonga çiqayotgan 22 million yoş avlodni onalik mehri bilan tarbiyalab, voyaga yetkazgan buyuk bir kuçni köramiz.”,
– dedi davlatimiz rahbari.
Bugun oliygohda öqiyotgan qizlarning soni 904 mingdan oşib, jami talabalarning 54 foizini taşkil etmoqda. Ötgan yili 60 nafar qizimiz dunyodagi eng nufuzli oliygohlarga öqişga kirgan.
Stajyor-tadqiqotçilar va doktoranturada tahsil olayotganlarning 8,5 ming nafari, ya’ni 61 foizini xotin-qizlar taşkil etayotgani ham e’tiborlidir.
Prezidentimiz Kegeyli tumanidan Indira Satniyazova, buxorolik Vazira Fayzullayeva, navoiylik Maşhura Qudratovaning xalqaro fan olimpiadalarida erişgan yutuqlari, bir qator xalqaro startap tanlovlari ğolibi buvaydalik Dilafruz Jöraboyevaning nufuzli “Microsoft” kompaniyasining Özbekistondagi elçisi sifatida tan olinganini alohida e’tirof etdi.
Yangi öquv yilidan boşlab ehtiyojmand oilalardagi ayollar uçun davlat granti kvotasi 2 karra oşirilib, 4 mingga yetkazilişi belgilandi.
Top 300 talikdagi oliygohlar bilan qöşma ta’lim asosida magistratura bosqiçida ta’lim olayotgan talaba-qizlarning kontrakt pullari ham davlat tomonidan tölab beriladi.
Endilikda har yili xotin-qizlarning innovatsion ğoyalarini qöllab-quvvatlaş uçun kamida 10 ta yönaliş böyiça startap tanlovlari ötkaziladi. Bunda har bir yönaliş ğolibiga Innovatsiya jamğarmasidan 500 million sömgaça grant beriladi.
Maktabning 11-sinfini bitirib, davlat texnikumlariga kirgan qizlarni kasbga öqitiş töliq davlat granti asosida böladi.