Yoşlar bandligi — davlat siyosatining ustuvor yönalişi

26.02.2026109

Yoşlar bandligi — davlat siyosatining ustuvor yönalişi

Kuni keça Köksaroy qarorgohida Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyevning yoşlar bilan ötkazgan oçiq muloqoti mamlakatimiz taraqqiyotida, ayniqsa, yoşlar siyosatida yangi bosqiçni boşlab berdi.

60 mingdan ziyod yoşlar iştirok etgan uşbu muloqot davlatimiz rahbari tomonidan inson kapitaliga qaratilayotgan yuksak e’tiborning yana bir amaliy ifodasi böldi. Bugungi kunda global raqobat şaroitida iqtisodiy ösiş, innovatsion taraqqiyot va ijtimoiy barqarorlikning asosiy omili — bilimli, taşabbuskor va band yoşlardir.

2030-yilga qadar mehnat bozoriga kirib keladigan yoşlar soni 1 million nafarga yaqinlaşadi. Bu demografik ösiş mamlakatimiz uçun katta imkoniyatdir. Biroq uşbu imkoniyatni real natijaga aylantiriş uçun har bir yoşni bilimli, zamonaviy kasb-hunarga ega va barqaror daromad manbaiga ega şaxs sifatida şakllantiriş zarur.

Prezidentimiz tomonidan ilgari surilgan “Kelajak tadbirkori” dasturi yoşlarni iş izlovçidan iş beruvçiga aylantirişga qaratilgan muhim tizimli qadamdir. Startap va innovatsion loyihalar uçun moliyaviy resurslar ajratilişi, 10 milliard sömgaça kredit imkoniyatlarining yaratilişi, vençur qöllab-quvvatlaş mexanizmlarining joriy etilişi — bu yoşlarning iqtisodiy faolligini oşirişga xizmat qiladigan aniq mexanizmlardir.

Şuningdek, “Mening birinçi kasbim” dasturi doirasida bitiruvçilar uçun stajirovka tizimini yölga qöyiş va oyiga 2 million sömgaça stipendiya tölaş taşabbusi ta’lim bilan mehnat bozori örtasidagi uzviy boğliqlikni mustahkamlaydi. Bu qaror yoş mutaxassislarning ilk mehnat faoliyatidagi asosiy muammo — amaliy tajriba yetişmasligi masalasini hal etişga qaratilgan.

Oliy ta’lim muassasalari oldida ham yangi vazifalar turibdi. Universitetlar faqat bilim beruvçi muassasa emas, balki innovatsiya, tadbirkorlik va yangi iş örinlari yaratuvçi markazga aylanişi lozim. Zamonaviy öquv-amaliy markazlar taşkil etiş, dual ta’limni keng joriy etiş, “spin-off” va startap loyihalarni qöllab-quvvatlaş orqali oliygohlar hududiy iqtisodiy rivojlaniş drayveriga aylanadi.

Şu bilan birga, yoşlarning jismoniy tarbiyasi va soğlom turmuş tarzi ham Prezidentimiz eʼtiboridan çetda qolmadi.  Yoşlar örtasida ommaviy sport musobaqalarini kengaytiriş, talabalar ligalari, universitetlar örtasidagi turnirlar, musobaqalarni taşkil etiş orqali biz soğlom, faol va maqsadli yoşlarni tarbiyalaymiz.

Bugun mamlakatimizda 22 milliondan ziyod yoşlar bor. Bu — ulkan intellektual va mehnat salohiyati demakdir. Agar har bir yoş munosib iş örniga, kasbga va özini röyobga çiqariş imkoniyatiga ega bölsa, ösib kelayotgan avlod milliy taraqqiyotning eng mustahkam poydevoriga aylanadi.

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi sifatida biz uşbu vazifalarni töliq va sifatli amalga oşirişni ustuvor maqsad deb bilamiz. Har bir oliy ta’lim taşkilotii yoşlar uçun bilim, innovatsiya va tadbirkorlik xabi bölişi, bitiruvçi esa iş izlovçi emas, balki qiymat yaratuvçi mutaxassis sifatida hayotga qadam qöyişi şart.

Köksaroydagi muloqot — yoşlar kelajagi uçun aniq yöl xaritasi. Unda belgilangan taşabbuslar esa moliyaviy manba va strategik maqsadlar bilan ta’minlangan. Biz işonamizki, uşbu qarorlar yoşlar bandligini ta’minlaş, ularning intellektual va iqtisodiy salohiyatini töliq röyobga çiqariş orqali Yangi Özbekiston taraqqiyotini yanada jadallaştiradi.

Qönğirotboy Şaripov, 
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri