Homilador talaba-qizlar va yoş onalar uçun “ikkinçi imkoniyat” — ta’lim uzviyligi ta’minlanadi

04.03.2026461

Homilador talaba-qizlar va yoş onalar uçun “ikkinçi imkoniyat” — ta’lim uzviyligi ta’minlanadi

Özbekiston Respublikasi Prezidentining “Ayollar va bolalar huquqlarining himoyasini kuçaytiriş hamda ularga nisbatan tazyiq va zöravonlik holatlarining oldini oliş böyiça qöşimça taşkiliy-huquqiy çoralar töğrisida”gi farmoni  (https://president.uz/oz/lists/view/8982)(PF–33-son, 03.03.2026-y.) qabul qilindi. 

 🔰Unga köra, 2026/2027-öquv yilidan boşlab homilador talaba-qizlar hamda 3 yoşgaça bölgan farzand tarbiyasi bilan şuğullanuvçi talabalar uçun oliy ta’lim olişda qöşimça imkoniyatlar yaratiladi.

☑️ 2026/2027-öquv yilidan boşlab:

🔘kursdan kursga qolgan yoki talabalar safidan çiqarilgan şaxslarga, istisno tariqasida, fanlar farqini qayta özlaştiriş şarti bilan öqişni davom ettiriş imkoniyati yaratiladi;
🔘 fanlar farqini mustaqil özlaştiriş uçun qöşimça muddat beriladi hamda zarur taşkiliy va akademik şart-şaroitlar ta’minlanadi.

 ▶️ Şuningdek, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi uç oy muddatda Vazirlar Mahkamasiga quyidagi takliflarni kiritadi:

➖ homilador talaba-qizlar yoki 3 yoşgaça bölgan farzand tarbiyasi bilan şuğullanuvçi talabalarga akademik ta’til davrida, ularning xohişiga köra, masofaviy ta’lim şaklida öqişni davom ettiriş imkoniyatini yaratiş;
➖masofaviy ta’lim yönalişlari va qabul körsatkiçlarini kengaytiriş orqali mazkur toifadagi talabalar uçun qöşimça qulayliklar yaratiş;
➖ akademik ta’tilga çiqqan, kursdan kursga qolgan yoki talabalar safidan çiqarilgan homilador talaba-qizlar hamda yoş onalar böyiça alohida statistik ma’lumotlar yuritiş.