TOP–300 talikka kirgan xorijiy universitetlarda öqiş istagidagi yoşlar va pedagoglarga ta’lim krediti ajratiladi
Hukumatning “Xorijiy oliy ta’lim taşkilotlarida öqiş istagidagi yoşlar va pedagog xodimlarga ta’lim kreditini ajratiş tartibi töğrisida”gi qarori (88-son, 02.03.2026-y.) qabul qilindi.
🔰Mazkur nizom Ta’lim kreditini moliyalaştiriş jamğarmasi hisobidan imtiyozli ta’lim kreditini ajratiş hamda uni qaytariş tartibini belgilaydi.
📝 Nizomga köra, ta’lim krediti quyidagi talablarga javob beradigan yoşlar (30 yoşdan oşmagan, şu jumladan 30 yoşda bölgan) hamda pedagoglarga ajratiladi:
- QS (Quacquarelli Symonds) yoki THE (The Times Higher Education) reytinglari böyiça TOP–300 talikka kirgan xorijiy oliy ta’lim taşkilotlariga öqişga qabul qilingan bölişi;
- Özbekiston Respublikasi fuqarosi bölişi.
Ta’lim krediti bakalavriat va magistratura bosqiçlarida ta’lim oliş uçun ajratiladi.
🔹Kredit miqdori 1 öquv yili uçun 20 ming AQŞ dollarigaça ekvivalentda milliy valyutada ajratiladi.
🔹Kreditning asosiy qarzi talabaning rasmiy öqiş muddati tugagandan söng 7-oydan boşlab 7 yil davomida qaytariladi.
📑 Kredit oliş uçun bankka quyidagi hujjatlar taqdim etiladi:
➖ ariza;
➖ şaxsni tasdiqlovçi hujjat nusxasi;
➖ taklifnoma-xat (1-kurs talabalari uçun);
➖ akademik özlaştiriş natijalari (2-kursdan boşlab);
➖ tölov-kontrakt şartnomasi hamda oliy ta’lim taşkilotining bank rekvizitlari körsatilgan invoys;
➖ birgalikda qarz oluvçilarning sönggi 12 oylik daromadlari töğrisida ma’lumot;
➖ mehnat daftarçasidan köçirma (30 yoşdan oşgan pedagoglar uçun).
✅ Ta’lim krediti stavkasi Markaziy bankning asosiy stavkasi miqdorida belgilanadi.